Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining jamoa shartnomasini 2024-yilda bajarilishi va hisobot-saylov konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodirjon Dehqonov hamda universitet xodimlari ishtirok etdi.
Konferensiya davomida 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2024-yildagi bajarilishi yuzasidan muhokamalar olib borildi. Yakunda yashirin ovoz berish asosida Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Bahodir Elmurodov Ergashovich universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.