Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarkand davlat arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilgan “Eko klub” a’zolari — ekovolontyorlar tomonidan “Yangi daraxt — yangi nafas” shiori ostida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida universitet hududida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu ezgu tashabbus atrof-muhitni asrash, yashil makonni kengaytirish va talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.