Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hamkorlik ilm-fan va madaniy merosni asrashda yangi bosqichni boshlab beradi.
Memorandum doirasida:
qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalar amalga oshiriladi
madaniy merosni asrash bo‘yicha tajriba almashiladi
xalqaro hamkorlik kengaytiriladi
seminar va konferensiyalar tashkil etiladi
Ushbu hamkorlik Buyuk Ipak yo‘li merosini o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumot uchun, Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti xalqaro ilmiy loyihalarni birlashtiruvchi, UNESCO ko‘magida faoliyat yurituvchi muhim ilmiy markaz hisoblanadi.