Oʻzbekiston–Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati tomonidan Yaponiyaning
Nagoya universiteti,
GIFU universiteti,
Tokyo qishloq xo‘jaligi va texnologiya universiteti,
Kogakuin universiteti,
Tokai universiteti,
Tokyo metropoliten universiteti vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Suhbat doirasida qo‘shma ta'lim va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun stajirovka hamda seminarlar tashkillashtirish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va malaka oshirish uchun professor-o‘qituvchilarga sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.