2025 yil 15-aprel kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti psixologlari Sardor Otayorov va Umida Najmiyeva tomonidan “Yashash uchun 1001 sabab” shiori ostida psixologik aktsiya o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlarning o‘ziga, o‘zgalarga va borliqqa bo‘lgan munosabatlarini yaxshilashga, rivojlantirishga va shu orqali ularning hayotidagi asl maqsadlarini astalik va ustalik bilan anglab yetishiga qaratilgan.