Skip to main content

“Yoshlar bandligi oyligi” doirasida maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish Reja jadvalining 6-bandiga asosan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

MA’LUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida “Yoshlar bandligi oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi 203-sonli buyrugʻining  “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish Reja jadvalining 2-bandiga asosan  “Karyera kunlari” tadbiri oʻtkazish. 1) Ish beruvchilar bilan uchrashuvlar 2) Mahorat darslari (master klasslar), 3) HR mutaxassislar bilan suhbatlar, 4) Rezyume tayyorlash boʻyicha seminar va vebinarlar tashkillashtirish vazifasi berilgan.

2025-yil 17-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16- maydagi 36-sonli bayonining 10-bandi ijrosi yuzasidan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi doirasida  Respublika Aerogeodeziya Samarqand hududlararo boʻlinmasi muxandislari Axmadov Akbar, Turdaliyev Jamol, Boʻstonov Mirjolol va Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Nishonov Azamat Hakimovich hamda “Geomatika muhandisligi” kafedrasi mudiri Niyazov Vohidjon Roʻziyevich birgalikda 2024-2025-oʻquv yildagi rejasiga asosan 60722800 – Kadastr (koʻchmas mulk kadastri), 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim yoʻnalishlarining 4-bosqich bakalavr talabalariga “Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi 937 – sonli Qarori asosida amalga oshirilayotgan xatlov ishlarining ketma-ketligi tartibi” mavzusida master klass darsi olib borildi.

Uchrashuvda Respublika Aerogeodeziya Samarqand hududlararo boʻlinmasi muxandisi A.Axmadov Mahorat darslari (master klasslar) bandi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi 937 – sonli Qarori asosida amalga oshirilayotgan xatlov ishlarining ketma-ketligi tartibi” mavzusida master klass dars oʻtdi. Respublika Aerogeodeziya Samarqand hududlararo boʻlinmasi muxandislari J. Turdaliyev va M. Boʻstonovlar Rezyume tayyorlash boʻyicha seminar oʻtkazdi.

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Nishonov Azamat Hakimovich Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifasi, korxonadagi olib borilayotgan ishlar va kelajakda 2030-yilgacha bajarilishi koʻzda tutilgan strategik reja bilan hamda Rezyume tayyorlash, davlat korxonasiga ishga joylashish boʻyicha tartib bilan tanishtirdi.

 

Uchrashuv tadbirlaridan fotolavhalar