Skip to main content

“Yoshlar kuni” munosabati bilan SamDAQUda ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Agentlik tomonidan:

Akmal Jumanazarov — Agentlik direktori, texnika fanlari bo‘yicha PhD;

Naibaxon Mamadaliyeva — direktorning ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, professor;

Dilshod Turaev — O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali rahbari;

Kamoliddin Murodov — O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filiali rahbari;

 

Universitet tomonidan:

Chidem Turkyilmaz — universitet rektori, professor;

Abror Gadayev — ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor;

Mirolim Shodmonqulov — O'quv ishlari bo‘yicha prorektor ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv davomida:

Agentlik faoliyati va uning bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi;

Universitetdagi ilmiy laboratoriyalar faoliyati va innovatsion ishlanmalar namoyish etildi;

Hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etish va amaliy loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi;

 

Mazkur uchrashuv ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.