Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi Kadrlar va aholi murojaatlari bo‘yicha mutaxassisi Sobirov Alijon tomonidan “Yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Talabalar dekanati dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i hamda universitet talabalari faol ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida yoshlarda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni to‘g‘ri targ‘ib qilishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.