Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Fransiya poytaxti Parij shahrida YUNESCOning Ta’lim kelajagi va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Sobhi Tawil bilan uchrashdi. O‘zaro suhbat davomida joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESCO Bosh assambleasida universitetning roli, shuningdek, universitetda faoliyat ko'rsatayotgan "Yunesco" kafedrasida tadqiqot, taʼlimning yaxlit tizimini shakllantirish, jamoatchilikni jalb qilish va oʻzaro muloqotni rivojlantirish, shu bilan birga, xorijlik mutaxassislar, tadqiqotchilar va universitet professor-oʻqituvchilari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.