Skip to main content

“Yurtim qadriyatlari” tanlovi o‘tkazildi

Tadbirda universitet fakultetlaridan jami 4 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar “Yurtim qadriyatlari” mavzusida sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, videoroliklar hamda o‘zlarining ijodiy g‘oyalari orqali o‘z mahoratlari va iqtidorlarini namoyon etishdi.

Tanlov yakunida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

 “Eng faol jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha — Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Ekonomistlar” jamoasi;

“Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi” nominatsiyasi bo‘yicha esa — Arxitektura fakultetining “Liderlar” jamoasi g‘olib deb topildi.

 G‘olib jamoalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.