Skip to main content

Zakovat intellektual oʻyinining 2-mavsum finali o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 5 tashabbus markazi faollar zalida Zakovat intellektual oʻyini universitet turniri 2-mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Final o‘yinini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzod Uzokov kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. So‘ng, Talabalar dekani Sherzod Bozorov turnir mukofotlarini e’lon qilgan holda jamoalarni rag‘batlantirdi.

 

Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova esa Zakovat klubi faoliyati, mavsum davomida o‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobi va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

 

10 ta tur natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlangandi:

1-o‘rin — “Diamond” jamoasi;

2-o‘rin — “Interstellar” jamoasi;

3-o‘rin — “Aysberg” jamoalari qo‘lga kiritdilar.

 

Maxsus nominatsiyalar:

“Eng faol bilimdon qiz” — Muazzam Boymurodova

“Eng faol bilimdon yigit” — Asror Toshpo‘latov

 

Mazkur intellektual musobaqa talabalar tafakkurini rivojlantirish, ularning mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.