Skip to main content

“Zakovat” o‘yini oldidan Toshkentda ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yini arafasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hovlisida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili doirasida ko‘chat ekish marosimi tashkil etildi.

Mazkur marosimda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan “Bunyodkor” terma jamoasi nomidan ramziy daraxt ekildi.

Tadbir tabiatga mehr, ekologik muvozanatni saqlash va yashil muhitni yaratishga bo‘lgan e’tibor ifodasi bo‘lib, yosh avlod ongida ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.