Skip to main content

“Yoshlar bandligi oyligi” doirasida maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish Reja jadvalining 6-bandiga asosan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida “Yoshlar bandligi oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi 203-sonli buyrug‘ining  “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish Reja jadvalining 6-bandiga asosan “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish. 1. Talabalar va ota-onalarni universitet faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, ishga joylashish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. 2. Talabalarni kasb tanlash, stajirovka va ishga joylashish masalalari boʻyicha maslahatlar bilan taʼminlash vazifasi berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini taʼminlash, yoshlarning bandligini taʼminlash, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida

Universitetda joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori hamda O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2023-yil 5-yanvardagi 1-son majlisi bayoni 1-ilovasining 19-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va fan innavatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi  vazirligining qarori asosida  ta’lim koʻragzmasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Samarqand arxitektura va qurilish universiteti qoshidagi akademik  litsey o‘quvchilari va ularning o’qituvchilari qatnashishdi.

Tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga Universitetning “Mexanika muhandisligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kafedra mudiri PhD Z.H.Fayziyev mutaxassisliklar to’g’risida tushuncha berib, mavjud laboratoriyalar bilan tanishtirdi.

2025-yilning 2-iyul kuni L&T Construction kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari, jumladan MDH davlatlari bo‘yicha bosh kadrlar menejeri Saylesh Djaysval Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. 

 Tashrif doirasida universitetning bosh binosida 70 nafarga yaqin bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuvda L&T Construction vakillari Atrof-muhit muhandisligi, Elektr muhandisligi, Mehnat muhofazasi va Qayta tiklanadigan energiya yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarni suhbat asosida ishga qabul qilish niyatini bildirdi.

Tadbir bo’yich malumotlar universitetning https://samdaqu.edu.uz/lt-construction-kompaniyasining-ozbekistondagi-vakillari-samdaquda-0 platformasiga joylashtirildi.